• paxtakor_akm@natlib.uz
  • +998 93 827-67-10
  • O'zbek
  • Русский
  • English
  • paxtakor_akm@natlib.uz
  • +998 93 827-67-10
  • 22.11.2021
  • 09:09
Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi
  • Bosh sahifa
  • Kutubxona haqida
    • Kutubxona tarixi
    • AKM jamg'armasi
    • Tuzilma
    • O‘quv zallar
  • Kutubxona bo’limlari
    • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
    • Axborot-bibliografiya xizmati
    • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
    • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
  • Kutubxona faoliyati
    • Rahbariyat
    • ish tartibi
    • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
    • Vikipediya bo`limi
    • Yangiliklar
    • Hisobotlar
  • Elektron kutubxona
  • Kutubxona yangiliklari
  • Eslatma

Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati


Fondlarni to’ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmat

Xizmat haqida ma’lumot

1.AKMning axborot-kutubxona fondlarini xizmatlarning vakillari bilan birgalikda kitob saqlash fondlari va ularning ixtisoslashtirilgan qismlarini jamlashning mavzuli-tipologik rejasini ishlab chiqadi;

2.Mavzuli rejaga muvofiq jamlashning turli manbalari (nashrlarning bepul majburiy nusxasi, obuna, nashriyotlar, kitob do‘konlari orqali sotib olish, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan sovg‘alar) orqali, fondni milliy axborot-kutubxona resurslari va xorijiy nashrlar bilan komplektlashni va qo‘shimcha jamlashni amalga oshiradi;

3.Xizmatning zahira fondiga hujjatlarni qabul qilib oladi, kutubxonaning asosiy va qo‘shimcha fondlarida mavjud bo‘lmagan hujjatlarni zahira fondidan taqdim etadi. Boshqa kutubxonalarning so‘roviga ko‘ra zahira fondidan axborot-kutubxona resurslarini beradi;

4. “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarni hisobini yuritish to‘g‘risida”gi yo‘riknoma (Adliya vazirligi ro‘yxat raqami № 2567) asosida, axborot-kutubxona fondlariga kelib tushgan va hisobdan chikarilgan axborot-kutubxona resurslarining hisobini yuritadi.

5. Axborot-kutubxona fondlarini jamlash, joylashtirish, saqlash, hamda foydalanuvchi buyurtmasiga muvofiq xizmat ko‘rsatish;

6. Axborot-kutubxona markazi fondlarini belgilangan tartibda joylashtirish, fondlarni umumiy va fizik holatini nazorat qilish;

7. Qabul qilingan davlat standartlari va me’yorlarga muvofiq fondlardagi adabiyotlarni saqlash uchun belgilangan havo harorati normalarini nazorat qilish;

8. Axborot-kutubxona resurslarining uzoq vaqt saqlanishini ta’minlash maqsadida ularni muqovalashga berish, shikastlangan tashqi va ichki varaqlarini doimiy nazorat qilish va ta’mirlashga tayyorlash;

9. Uzoq vaqt saqlashga mo‘ljallangan axborot-kutubxona resurslarini elektron nusxalarini yaratish (raqamlashtirish) maqsadida skanerlash va raqamlashtirish xizmatiga tasdiqlangan reja asosida berish;

10. Xizmat axborot-kutubxona fondining tarkibi va mazmunini ochib beruvchi, ma’lumot-bibliografik apparati bo‘lgan barcha ko‘rinishdagi kartochkali va elektron kataloglari ishini yaratadi va tashkillashtiradi;

11. Xizmat AKMning axborot-kutubxona resurslarini saqlash, foydalanuvchilarning talablariga asosan berish, shuningdek, kataloglar bo‘yicha bibliografik qidiruvni amalga oshirish uchun axborot-kutubxona resurslariga ishlov berish kompleks jarayonlarini amalga oshiradi;

12. Xizmat metodik maslahatlar, tavsiyalar, qo‘llanmalar, eslatmalar, axborot varaqalarini tayyorlash va berish orqali viloyat axborot-kutubxona muassasalariga xizmat faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi.

Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi

Jizzax viloyati Paxtakor shahri 
“Do‘stlik” MFY Mustaqillik ko‘chasi 2-a uy

Telefon: +998 93 827-67-10
Email: paxtakor_akm@natlib.uz

© Copyright 2021 — Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan