”Zulfiya– vafo va sadoqat timsoli” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 27-fevral kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazida O’zbekiston xalq shoirasi, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi, ”Do’stlik” ordeni sohibasi Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan ”Zulfiya– vafo va sadoqat timsoli” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbati Zulfiya hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish, yoshlarda vatanparvarlik, sadoqat va nazokat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Davra suhbatida kutubxona mutaxassisi tomonidan Zulfiya hayoti va ijodi haqida batafsil ma’lumot berildi. Uning she’rlarida ayol qalbi, sadoqat, muhabbat, Vatanga mehr va insoniylik fazilatlari yuksak badiiy mahorat bilan tarannum etilgani ta’kidlandi. Shoiraning turmush o‘rtog‘i Hamid Olimjon bilan bo‘lgan hayot yo‘li, uning matonati va fidoyiligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Davra suhbatida 15 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.