"Zukko kitobxon” ko"rik tanlovi tashkil etildi.
Joriy yilning 4-may kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazi va MMTB tasarrufidagi 9- maktab hamkorligida 9-sinflar o’rtasida "Zukko kitobxon” ko"rik tanlovi tashkil etildi. Tanlovning asosiy maqsadi o‘quvchilarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularning bilim saviyasini sinovdan o‘tkazish hamda erkin fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tanlov intellektual o’yin shaklida o‘tkazildi. Tanlov davomida ishtirokchilar badiiy va huquqiy adabiyotlar bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Tanlov natijasiga ko’ra 9”B”-sinf jamoasi 1-oʻrinni egalladi. Tanlovda ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi. Tanlovda kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Tanlovda 25 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.