”Zomin ilhomlari” - yosh ijodkorlarning qalbidan to'kilgan she'r, hikoya, maqola va sahna asarlari to'plami.
Joriy yilning 6-fevral kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazida Jizzax viloyat hokimi tashabbusi bilan chop etilgan “Zomin ilhomlari” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo'limi rahbari shoira, yozuvchi Mehribon Abdurahmonova va O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo`limi bosh mutaxassisi shoira Nafisa Qo'ylonova Saydazimovna ishtirok etdi. ”Zomin ilhomlari” - yosh ijodkorlarning qalbidan to'kilgan she'r, hikoya, maqola va sahna asarlari to'plami. Bu kitob - Zomin seminarining yillab shakllangan ijodiy maktabidan parvoz etayotgan iste'dodli qalam sohiblarining ilk qadamlari. Undagi asarlar milliy ruh Vatanga mehr va soʻzga sadoqat bilan sug'orilgan. Kitob o'quvchini yosh ijodkorlarining samimiy qalb ovozi bilan tanishtiradi hamda ularning kelajakdagi katta ijodiy yo'liga guvoh bo'lishiga chorlaydi. Taqdimotda 15 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.