"Zakovat" musobaqasining tuman bosqichi yuqori saviyada oʻtkazildi.
Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazida "Zakovat" intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi. 🇺🇿Bugun payshanba — "Yoshlar kuni" munosabati bilan, Paxtakor tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida intellektual yoshlarni birlashtirgan "Zakovat" musobaqasining tuman bosqichi yuqori saviyada oʻtkazildi. Bilimlar bellashuvida tumanimiz yoshlari oʻzlarining yuksak intellektual salohiyatlarini namoyon etdilar. 🥇-Chamanzor mahallasi yoshlari 🥈-Olmazor mahallasi yoshlari 🥉-G'alaba mahallasi yoshlari natijalari qayd etildi.