Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan zakovat intellektual o’yini tashkil
Joriy yilning 13-fevral kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va MMTB tasarrufidagi maktablar hamkorligida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan zakovat intellektual o’yini tashkil etildi. Zakovat intellektual o’yinidan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlar ongida buyuk ajdodimizning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, tarixiy bilimlarini mustahkamlash hamda ularni mustaqil fikrlashga undashdan iborat bo‘ldi. O’yin avvalida Boburning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot berildi. Uning davlat arbobi, iste’dodli sarkarda va nozik didli shoir sifatidagi faoliyati haqida so‘z yuritildi. Zakovat 2 bosqichda o’tkazildi. Ishtirokchilar faol ishtirok etib, yuqori bilim va zukkolikni namoyon qildilar. Natijalar bo’yicha 1-o’rinni ”Tafakkur” jamoasi g’olib deb topildi. Zakovatda 10 nafar ishtirokchi qatnashdi.