”Zahiriddin Muhammad Bobur
Joriy yilning 12-fevral kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va MMTB tasarrufidagi maktablar bilan hamkorlikda ”Zahiriddin Muhammad Bobur- shoh va shoir” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi. Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — o'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, shoh, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishdan iborat. Ushbu tanlovda ishtirokchilar Boburning hayoti, ijodi, uning tarix va adabiyotdagi o‘rni haqida o‘z fikr va yoritishlarini insholar orqali ifodaladilar. Ushbu ijodiy mashg‘ulot yoshlarni Zahiriddin Muhammad Bobur merosini chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Tanlovda 12-maktab 8-sinf o’quvchisi Murodqosimova Diyora g’olib bo’ldi. Tanlovda 18 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.