”Yu Xua ”ning ”Yashamoq” nomli kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi .
Joriy yilning 20 noyabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 9-maktab bilan hamkorlikda yangi kelgan kitoblarimizdan bo'lmish ”Yu Xua ”ning ”Yashamoq” nomli kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi .”Yashamoq” romani oddiy bir dehqonning hayoti orqali 20-asr Xitoydagi qadimiy va murakkab ijtimoiy-sanat muhitini ochib beradi.” Yashamoq ”- bu inson ruhi, sabr-toqat va taqdir sinovlari haqida chuqur falsafiy tafakkurni rag'batlantiradigan asar. Qiyinchiliklarga qaramay insonga hayotda davom etish kuchi haqida muallifning juda jonli va mazmunli hikmati bilan bezalgan. Taqdimotda yangi kelgan kitoblarimiz ko'rgazmasi ham tashkil etildi. Taqdimotda 16 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.