"Yozgi ta'tilni mazmunli o'tkazamiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 30- iyun kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazi va Olimp o’quv markazi hamkorligida "Yozgi ta'tilni mazmunli o'tkazamiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati yozgi ta'til davrida bolalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda kutubxonaga jalb etish maqsadida tashkil qilindi. Davra suhbatida yozgi ta'tilni foydali o'tkazish yo'llari, kitob mutolaasining inson kamolotidagi o'rni, bolalar uchun tavsiya etiladigan badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar haqida ma’lumotlar berildi. Bolalar o'zlari sevib o'qigan kitoblari haqida fikr bildirib, qahramonlar obrazlari yuzasidan qiziqarli suhbat olib bordilar. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi. Davra suhbatida 25 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.