”Yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olish ” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 13-mart kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazi, Jizzax pedagogika texnikumi hamkorligida ”Yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olish ” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari Fazliddin Qo‘ldoshev hamda mahalla yoshlar yetakchisi Akbar Omonov ishtirok etib, talabalarga psixotrop moddalarni iste’mol qilishning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berdi. Mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi. Tadbir yoshlarni zararli odatlardan asrash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratildi. Shu bilan birga zakovat bellashuvi ham tashkil etildi. Bellashuvda quyidagi jamoalar g’olib deb topildi:
1-o’rin ”Ilm qanotlari” jamoasi
2-o’rin ”Adolat”jamoasi
3-o’rinni ”Intelekt elitasi” jamoasi.
Tadbirda 150 dan ortiq ishtirokchi ishtirok etdi.