"Yoshlar kuni" doirasida "Yosh tadbirkorlarni qo`llab quvvatlash kuni" mavzusida yosh tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Joriy yilning 16-iyul kuni Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazida iyun–avgust oylari davomida har haftaning payshanba kuni o'tkazilayotgan "Yoshlar kuni" doirasida "Yosh tadbirkorlarni qo`llab quvvatlash kuni" mavzusida yosh tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda markaz direktori R.Anorova, Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari hamda Do'stlik MFYda istiqomat qiluvchi faol yosh tadbirkorlar ishtirok etdilar. Uchrashuvda yosh tadbirkor Diyorbek Jo'raboyev kibersport yo'nalishida olib borayotgan faoliyati haqida so'z yuritib, tadbirkorlikni boshlash, zamonaviy kasblarni egallash hamda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish borasidagi tajribalarini ishtirokchilar bilan o'rtoqlashdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar bunday uchrashuvlar yoshlarning ma'naviy kamolotini yuksaltirish, ularning tashabbuskorligi va tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladilar. Tadbirda 12 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.