”Yoshlar bilan kelajak sari” nomli zakovat intelektual o’yini bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 5-mart kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 8-13-maktablar hamkorlikda har payshanba yoshlar kuni munosabati bilan ”Yoshlar bilan kelajak sari” nomli zakovat intelektual o’yini bo’lib o’tdi. Zakovatda o’quvchilarga Prezident Shavkat Mirziyoevning asarlaridan konstitutsiyadan savollar berildi. Zakovat o’yinidan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlarning huquqiy va ma’naviy bilimlarini mustahkamlash hamda ularni mustaqil fikirlashga undashdan iborat bo’ldi. Zakovatda Prezident kitoblari ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Zakovat ikki bosqichda o’tkazildi. Ishtirokchilar faol ishtirok etib , bilim va zukkoliklarini namoyon qildilar. Natijalar bo’yicha "Taraqqiyot " jamoasi g’olib deb topildi. Zakovatda 16 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.