”Yo’qotganlarim va topganlarim” kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.
"INFOLIB OʻZBEKISTON-2025"XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi va "Yangi Oʻzbekiston kutubxonachilari-Sun'iy intellekt orqali yuksak marralar sari!"Yosh kutubxonchilar V-forumi doirasida joriy yilning 11-noyabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2-maktab bilan hamkorlikda o’zbek yozuvchisi xalqimiz sevimli adibi Said Ahmadning ”Yo’qotganlarim va topganlarim” kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi. Taqdimotda bu asar haqida o’quvchilarga keng tushunchalar berib o’tildi . Asar yoshlar uchun axloqiy va ma’naviy saboq manbai bo’lib xizmat qiladi . Taqdimotda Said Ahmadning kitoblari ko’rgazmasi ham tashkil etildi . Taqdimotda 24 nafar ishtirokchi ishtirok etdi .