“Yil sarhisobi” tadbiri yuqori saviyada, ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruhda tashkil etildi.
Paxtakor tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan yil yakuniga bag‘ishlangan “Yil sarhisobi” tadbiri yuqori saviyada, ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruhda tashkil etildi.
Mazkur tadbir xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularning mehnatini e’tirof etish hamda yil davomida fidokorona faoliyat yuritgan ilg‘or ayollarni rag‘batlantirishga qaratildi.
Tadbir davomida o‘zining tashabbuskorligi, mas’uliyati va samarali mehnati bilan ajralib turgan xotin-qizlar hamda soha vakillari munosib taqdirlandi.