”Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 30-iyun kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani ”Smart” o’quv markazi bilan hamkorlikda 30 iyun Yoshlar kuni munosabati bilan ”Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” nomli davra suhbati tashkil etildi. 30-iyun -Yoshlar kuni mamlakatimizda yosh avlodga bo’lgan yuksak etirof va g’amxo’rlikning yorqin ifodasidir. Yoshlar-Vatanimizning buguni va kelajagi, taraqqiyotimizning eng katta kuchidir. Bugungi davra suhbatimizning maqsadi-yoshlarda vatanparvarlik tuyg’usini mustahkamlash , ularni yurtimizda amalga oshiralayotgan islohatlarga daxldorlik ruhida tarbiyalash, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo’llab quvvatlash hamda ularning jamiyat hayotdagi faolligini yanada oshirishdir. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 17 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.