’’Yangi O‘zbekiston-mustaqillikning 35 yillik zafarlari” nomli ma’naviy va musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 27-avgust kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2- maktab hamkorlikda ”Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ’’Yangi O‘zbekiston-mustaqillikning 35 yillik zafarlari” nomli ma’naviy va musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Mustaqillikni madh etuvchi she’rlar vatan haqidagi kuy qo’shiqlar ijro etildi.Mazkur tadbirning asosiy maqsadi- mustaqillikning bebaho nemat ekanini keng targ’ib etish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, milliy g’urur va yurt ravnaqi uchun daxldorlik tuyg’usini yanada mustahkamlash, xalqimizning birdamligi va bunyodkorlik ruhini ulug’lashdan iboratdir. Tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib o‘tdi. Tadbirda 19 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.