’’Yangi O'zbekiston mustaqillik sharafi ”nomli ma’naviy va musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 25-avgust kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani Oqila ayollar harakati va MMTB tasarrufidagi 2-maktab hamkorlikda ”Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan”Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz”shiori ostida ’’Yangi O'zbekiston mustaqillik sharafi ”nomli ma’naviy va musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mustaqillik-xalqimizning eng ulug’ va bebaho boyligi,erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. O‘tgan 35 yil davomida mamlakatimiz barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishdi. Bugun biz tinchlik, hamjihatlik va taraqqiyot ne’matlaridan bahramand bo’lib yashamoqdamiz. Tadbirda Mustaqillikni madh etuvchi she’rlar vatan haqidagi kuy qo’shiqlar ijro etildi. Tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib o‘tdi.Tadbirda kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Tadbirda 32 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.