“Yangi kelgan adabiyotlar bilan tanishing” mavzusida targ‘ibot tashkil etildi.
Joriy yilning 07-sentabr kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazi va tumanimizdagi kitobsevar yoshlar bilan hamkorlkda “Yangi kelgan adabiyotlar bilan tanishing” mavzusida targ‘ibot tashkil etildi. Targ’ibotda kutubxonaga yangi kelib tushgan adabiyotlar bilan tanishtirildi va ko'rgazma tashkil qilindi. Unda turli yo‘nalishdagi yangi nashrlar kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi. Kutubxona mutaxassislari tomonidan ko‘rgazmaga qo‘yilgan kitoblarning mazmun-mohiyati, mualliflari, mavzusi va kitobxonlar uchun ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga yangi adabiyotlardan mutolaa uchun tavsiyalar berilib, kitob o‘qishning inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida suhbat o‘tkazildi. Targ’ibot yakunida kitobxonlarning yangi adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishi va talab-istaklari o‘rganildi. Targ’ibotda 11 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.