”Yagona Vatan,yagona xalq bo’lib,yangi hayot va kelajak yaratamiz “shiori ostida Zakovat intelektual o'yini tashkil etildi.
Joriy yilning 21-avgust kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani Xalq ta’limi ,Tibbiyot birlashmasi va Madaniyat markazi tashkilotlati hamkorligida mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan ”Yagona Vatan,yagona xalq bo’lib,yangi hayot va kelajak yaratamiz “shiori ostida Zakovat intelektual o'yini tashkil etildi.Tadbirning asosiy maqsadi-Vatanga muhabbat va mustaqillik g’oyalariga sadoqat ruhini mustahkamlash, shuningdek jamoaviy hamkorlik va tezkor fikrlash qobilyatlarini rivojlantirishdan iborat. Bellashuv davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston tarixi, mustaqillik yillari,milliy qadriyatlar,adabiyot, san’at,madaniyat,fan va sportga oid qiziqarli va mantiqiy savollar berildi.Tadbir ko‘tarinki ruhda,do‘stona va sog’lom raqobat muhitida bo’lib o‘tdi. Zakovat o'yini natijalariga ko'ra 1-orin ”Xalq ta’limi” 2-o`rin ”Tibbiyot birlashmasi” va ”Madaniyat markazi” Zakovatda 26 nafar ishtirokchi qatnashdi.