"Yagona Vatan,yagona xalq bo'lib,yangi hayot va kelajak yaratamiz" shiori ostida ma'naviy- ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 28- avgust kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazi,"Oqila ayollar harakati" va 24-sonli madaniyat bo'limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan,yagona xalq bo'lib,yangi hayot va kelajak yaratamiz" shiori ostida ma'naviy- ma'rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbir davomida Ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar: Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, Vatan tinchligi va xalq obodligini ta’minlash borasidagi davlat siyosatining mazmun-mohiyati tushuntirildi. 24-sonli madaniyat bo‘limi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan bayramona kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir yakunida mamlakatimiz tinchligi, osoyishtaligi va ertangi yorug‘ kelajagimiz sari yagona xalq bo‘lib birga intilish har bir fuqaroning burchi ekanligi ta’kidlandi. Tadbirda kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi.Tadbirda 62 nafar ishtirokchi ishtirok ending.