"Xotira va ibrat kuni" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 2-oktabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan PQ-270-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Qatag'on qurbonlarni yod etish kuni"ga bag'ishlab "Xotira va ibrat kuni" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati o'z xalqining ozodligi, mustaqilligi va erki yo'lida qurbon bo'lganlarni, shuningdek qatag'on yillarida nohaq jazolangan beayb insonlar yod etish, ularning xotirasini abadiylashtirish haqida suhbat bo'ldi. Bu kun insonlarni adolat, birlik va tinchlikni qadrlashga, o'z tarixini unutmaslikka undaydi. Davra suhbatida har birimiz bu kunni hurmat bilan eslab, ajdodlarimizning orzularini ro'yobga chiqarishda fidoyilik bilan yashashimiz lozimligi ham aytib o'tildi. Davra suhbatida jadid adabiyot durdonalari kitoblari ko'rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 12 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.