“Xon atlas” festivali doirasida zakovat intellektual o’yin tashkil etildi.
Joriy yilning 25-sentabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va Paxtakor tuman MMTB tasarrufidagi maktablar hamkorligida 2025-yilning 15-25-sentyabr kunlari “Xon atlas” festivali doirasida zakovat intellektual o’yin tashkil etildi. O’yin 2 bosqichda o’tkazildi. Natijalar bo‘yicha quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi.
1-o‘rin – ”Mash'ala” jamoasi,
2-o‘rin – "Tafakkur” jamoasi,
3-o‘rin – ”Spartak” jamoasi.
Zakovatda milliylikni aks ettiruvchi kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Zakovat o’yinida 20 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.