”Xon atlas festivali ”doirasida ”Milliy libos-millat qiyofasi” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi .
Joriy yilning 23-sentyabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani Yosh ijodkorlari bilan hamkorlikda ”Xon atlas festivali ”doirasida ”Milliy libos-millat qiyofasi” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi .Atlas -millat ko'zgusidir . U o'zbek xalqining qadimiy urf-odatlari ,nafis didi va nozik sanatini o'zida aks ettiruvchi matodir . Atlas naqshlariga boqib, xalqimizning ruhiyatinini , rang barang dunyoqarashini his etish mumkin .Har bir atlas ipida tarix , mehr va go‘zallik mujassam . U nafaqat kiyim , balki madaniyat ,estetik olam va g'ururning ifodasidir .Davra suhbatida yosh ijodkorlarimiz tomonidan milliyligimizni math etuvchi ifodali sherlar o'qildi . Yosh ijodkorlarimiz bilan bolgan suhbat qiziqarli fikr mulahazalarga boy bo'lib o'tdi . Davra suhbatida milliy urf odatlarimizga oid kitoblar ko'rgazmasi ham tashkil etildi .Davra suhbatida 13 nafar ishtirokchi qatnashdi .