VI Respublika Kitobxonlik haftaligi yakuniga bag’ishlangan yopilish marosimi bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 17-aprel kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazida VI Respublika Kitobxonlik haftaligi yakuniga bag’ishlangan yopilish marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu marosim haftalik davomida o‘tkazilgan tadbirlar natijalarini sarhisob qilish, faol ishtirokchilarni rag‘batlantirish va kitobxonlikni yanada rivojlantirishga undash maqsadida o‘tkazildi. Yopilish marosimida o‘tkazilgan uchrashuvlar, davra suhbatlari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar haqida qisqacha hisobot berildi. Yopilish marosimida she’rlar, musiqiy dasturlar namoyish etildi.Yopilish marosimi davomida eng faol o‘quvchilar, g‘oliblar va tashabbuskor ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.Yopilish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tib,barcha ishtirokchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi. Yopilish marosimida kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi.Yopilish marosimida 32 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.