“Uyg‘onish” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
“Uyg‘onish” — adabiyot, ma’naviyat va ijod uchrashuvi Joriy yilning 22-oktabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda o'lka ijodkori, yozuvchilar uyushmasi a'zosi, tumandagi ”Paxtakor xayoti” gazetasi bosh muharriri Maxfirat To‘xtasheva bilan “Uyg‘onish” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda tumandagi yosh she`riyat ixlosmandlari Charos Mustafaqulova, Gulzoda Bolibekova qatnashdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar va kitobxonlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ijodkorlar bilan samimiy muloqot o‘rnatish hamda adabiyotning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rnini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Ijodkorlarning hayotiy mulohazalari va ijod namunalari uchrashuvga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Uchrashuv davomida M. To‘xtasheva va boshqa ijodkorlar o‘z ijod namunalaridan she’rlar va parchalar o‘qib berdilar. Uchrashuvda 10 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.