"Ustozga hurmat-kelajakka hurmat" mavzusida ma'naviy ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 30-sentabr kuni Paxtakor tumani axborot kutubxona markazi hamda Paxtakor tuman Kelajak markazi hamkorligida "Ustozga hurmat-kelajakka hurmat" mavzusida ma'naviy ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Ustoz - ilm chirog'i, ma'rifat quyoshi, kelajak bunyodkoridir. Ustozlarni qadrlash, ularga xurmat ko'rsatish har birimizning burchimizdir. Ustozga bo'lgan hurmat - ilmga bo'lgan hurmatdir. Ustozlarimiz bor ekan, kelajagimiz yorug', orzularimiz ulug' bo'ladi. Tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Tadbirda o'quvchilar ishtirokida ustozlarga bag'ishlab she'rlar o'qildi, raqslar ijro etildi. Tadbirda kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha fikr mulohazalar almashildi. Tadbirda kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda 18 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.