“Ustozga ehtirom” kitobi taqdimoti o‘tkazildi
“INFOLIB OʻZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi va “Yangi O‘zbekiston kutubxonachilari – Sun’iy intillekt orqali yuksak marralar sari!” Yosh kutubxonachilar V- forumi doirasida joriy yilning 14-noyabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Paxtakor tuman bo‘linmasi hamkorligida ustoz va murabbiylarga bo‘lgan chuqur hurmat ifodasi sifatida “Ustozga ehtirom” kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimot davomida ustozlarning jamiyat rivojidagi o‘rni, yoshlarga ko‘rsatayotgan ibrati va mehr-muruvvati yuksak e’tirof etildi. Tadbir ishtirokchilari “Ustoz — hayot chirog‘i” degan g‘oyani yana bir bor his etdilar. Taqdimotda 12 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.