”Unitilmas siymolar so‘nmas xotira” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 28-avgust kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani ”Do‘stlik” MFY hamkorligida 31-avgust qatag’on qurbonlari kuni munosabati bilan ”Unitilmas siymolar so‘nmas xotira” nomli davra suhbati tashkil etildi. Jadidlar-xalqimizning ma‘rifati, ozodligi va taraqqiyoti yolida fidoiylik ko‘rsatgan buyuk siymolardir. Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda jadidlar merosini o‘rganish, ularning boy ilmiy va ma’naviy merosini yosh avlodga etkazish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Jadid bobolarimizning hayoti va faoliyati biz uchun buyuk ibrat maktabidir. Ularning porloq xotirasi qalbimizda mangu yashaydi. Davra suhbatida Jadidlar harakati va ularning maqsadlari haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Ishtirokchilar bilan savol-javoblar o’tkazildi. Davra suhbatida kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 16 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.