Uchrashuv yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, ularni qonunlarga xurmat ruhida tarbiyalash hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida tashkil qilindi.
Joriy yilning 19-mart kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2- maktab hamkorlikda ”Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida eng go’zal bayramlardan biri-Navro’z bayrami munosabati bilan ”Navro’z yangilanish va yosharish ayyomi” nomli ma’naviy va musiqiy tadbir bo’lib o’tdi. Navro’z bayrami asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan katta shodiyona bilan nishonlanib kelingan. Bu kunda odamlar bir -birlarini bayram bilan tabriklaydilar, mehr muruvvat ko’rsatadi, milliy taomlar tayyorlanadi. Ayniqsa, sumalak ,halim, ko’k somsa kabi bahoriy taomlar dasturxonlarga fayz bag'ishlaydi. Tadbir davomida Navro’z haqida she’rlar, qo’shiqlar, sahna ko’rinishlar va milliy urf odatlar namoish etildi. Tadbirda milliy urf odatlarimiz aks etgan kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi.Tadbirda 28 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.