Uchrashuv yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, ularni qonunlarga xurmat ruhida tarbiyalash hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida tashkil qilindi.
Joriy yilning 19-mart kuni Paxtakor tumani axborot-kutunxona markazi va IIB bilan hamkorlikda yoshlar kuni munosabati bilan rahbar va yosh mutaxassislar uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning taklif va tashabbuslarini eshitish hamda kasbiy rivojlanishlari uchun zarur sharoitlarni muhokama qilish maqsadida tashkil qilindi.Uchrashuvni tashkilot rahbari ochib berdi va yoshlar bilan ochiq muloqot qilish muhimligini ta’kidladi. Shundan so‘ng yosh mutaxassislar o‘z fikr-mulohazalari, duch kelayotgan muammolari va takliflarini bildirdilar. Rahbar tomonidan yoshlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi, ularning kasbiy o‘sishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilishi aytib o‘tildi. Bildirilgan takliflar ko‘rib chiqilishi va amaliy choralar belgilanashi ta’kidlandi. Uchrashuvda kitoblar koʻrgazmasi tashkil qilindi. Uchrashuvda 25 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.