“Turon maktab teatri” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi doirasidagi tuman bosqichi tashkil etildi.
Joriy yilning 6-mart kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazi, Kelajak markazi, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Paxtakor tuman bo’linmasi hamkorligida “Turon maktab teatri” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi doirasidagi tuman bosqichi tashkil etildi. Yosh avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning sahna madaniyati va notiqlik maxoratini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. Ishtirokchilar belgilangan ikki shart asosida teatrlashtirilgan sahna ko’rinishlari, badiiy chiqishlar hamda milliy kuy-qo’shiqlar ijrosi orqali o’z mahoratini namoyon etdilar. Qizg’in kechgan baxslar natijasiga ko’ra, 7- umumta’lim maktabi jamoasi birinchi o’rinni, 11-maktab jamoasi ikkinchi va 2-maktab jamoasi uchinchi o’rinni egalladi. G’olib jamoalar diplom va estalik sovg’alar bilan taqdirlandi. Tanlovda 250 nafar ishtirokchi ishtirok etdi. Tanlovda kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.