Tog‘ay Murod ijodi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 4-fevral kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi MMTB tassarufidagi 2-maktab hamkorligida Tog’ay Murod tavalludining 78 yilligi munosabati bilan “Haqiqat va badiiyat yo‘lida:Tog‘ay Murod ijodi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Ushbu davra suhbati o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi,xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish,uning asarlarida aks etgan hayot haqiqatlari hamda badiiy mahoratini yosh avlodga yetkazish maqsadida o‘tkazildi.Davra suhbati davomida yozuvchining o‘zbek milliy ruhini,qishloq hayotini,inson qismatini yuksak badiiyat bilan tasvirlagan asarlari haqida fikr almashildi.Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi”,“Otamdan qolgan dalalar”,“Oydinda yurgan odamlar”kabi asarlarida insoniylik,vijdon, or-nomus,mehnat va sadoqat kabi qadriyatlar qanday yuksak mahorat bilan yoritilgani ta’kidlandi. Davra suhbatida Tog'ay Murod kitoblari ko'rgazmasi tashkil etildi. Davra suhbatida 18 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.