”Til-millat ko’zgusi” nomli davra suhbati tashkil etildi.
"Kitobsevar millat" shiori ostida joriy yilning 22- oktabr kuni Paxtakor tumani axborot- kutubxona markazida 21-oktabr ”O’zbek tili bayram kuni” munosabati bilan ”Til-millat ko’zgusi” nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida kutubxona mutaxassisi tomonidan o’zbek tili- ajdodlarimizdan meros bo’lib, uni sevish, asrash bizning burchimiz ekanligi, til orqali xalqning tarixi, madaniyati, urf odatlari ko’zga tashlanishi, o’zbek tilining go’zalligi va boyligi haqida, tilni to’g’ri va adabiy ishlatish odobi haqida, davlat tili haqida qonun va uning ahamiyati haqida ma’lumotlar berdi. Til — millatning eng muhim boyligidir. Uni asrash — o‘zligimizni asrashdir. Har bir fuqaro til oldida mas’uldir. Davra suhbatida o’zbek tiliga oid kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Davra suhbatida 15 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.