” Til millat – ko'zgusi ” mavzusida ma’naviy, ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📍 Joriy yilning 14-oktabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va MMTB tassarfidagi 2- maktabning 4-sinf o'quvchilari bilan hamkorligida ” Til millat – ko'zgusi ” mavzusida ma’naviy, ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirda kutubxona mutaxassisi tomonidan, til — millatning ruhi, xalqning o‘zligi ekanligi haqida aytib o`tdi. Inson dunyoni ona tilida taniydi, ilk mehrni ona tilida his etadi, qalbidagi eng samimiy tuyg‘ularini ona tilida ifoda etadi.Bugun bizni bir maqsad, bir g‘urur, bir muqaddas tuyg‘u birlashtirib turibdi. Bu — ona tilimizga bo‘lgan cheksiz muhabbatdir!O‘zbek tili — Navoiylar ijodidan nur olgan, asrlar osha sayqal topgan, bugun ham qalblarimizda faxr bilan jaranglayotgan bebaho boyligimizdir.Tadbirda 12 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.