• paxtakor_akm@natlib.uz
  • +998 93 827-67-10
  • O'zbek
  • Русский
  • English
  • paxtakor_akm@natlib.uz
  • +998 93 827-67-10
  • 22.11.2021
  • 09:09
Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi
  • Bosh sahifa
  • Kutubxona haqida
    • Kutubxona tarixi
    • AKM jamg'armasi
    • Tuzilma
    • O‘quv zallar
  • Kutubxona bo’limlari
    • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
    • Axborot-bibliografiya xizmati
    • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
    • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
  • Kutubxona faoliyati
    • Rahbariyat
    • ish tartibi
    • Fuqarolar murojaati
    • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
    • Vikipediya bo`limi
    • Yangiliklar
  • Elektron kutubxona
  • Kutubxona yangiliklari

“Talaba guvohnomasi ID kartaga almashtiriladi” - oliy ta'lim vaziri


Endi qog‘oz jurnal, reyting daftarcha bo‘lmaydi, talaba guvohnomasi ID kartaga almashtiriladi”, - dedi Abduqodir Toshqulov ta'lim sifati va kredit-modul tizimidagi muammolarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida.

Foto: Shutterstock

13 noyabr kuni oliy ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov rahbarligida oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish, kredit-modul tizimini tatbiq etishdagi muammolarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda vazir oliy ta'limda raqamlashishga to‘xtaldi.

“Bugundan rektorlar kirishishi kerakki, O‘zbekiston oliy ta'lim tizimida jurnal, reyting daftarcha qog‘oz ko‘rinishda bo‘lmaydi. Talaba guvohnomasini ham ID kartaga o‘tkazish va unda barcha ma'lumotlar saqlanishi bo‘yicha budjet loyihasi o‘tdi. Bu ham muhokamada hozir”, — dedi Abduqodir Toshqulov.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra endi har bir fakultetga kirganda ko‘zga tashlanib turuvchi, A1 va A2 formatdagi o‘quv prorektori tasdiqlagan dars jadvali — bu ko‘rsatkich emas.

“Vazir, mas'ullar borganida talaba smartfonini olib, uni ilovada ko‘rsatib berishi, dars jadvali uning telefonida bo‘lishi kerak”, — dedi u.

Vazir shuningdek, xorijlik hamkasblari oldida xijolat bo‘layotganini, chet ellik hamkasblari oldida — buni endi joriy qilyapmiz deyishga uyalayotganini ham ta'kidlagan.

Avvalroq, vazir ushbu yig‘ilishda OTMlardagi ta'lim sifati va kredit-modul tizimidagi asosiy muammolarga to‘xtalgani va bugungi mustaqil ta'limni tashkil etishda tizim va tushuncha yo‘qligi haqida gapirgani xabar qilingandi.

Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi

Jizzax viloyati Paxtakor shahri 
“Do‘stlik” MFY Mustaqillik ko‘chasi 2-a uy

Telefon: +998 93 827-67-10
Email: paxtakor_akm@natlib.uz

© Copyright 2021 — Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan