“Sun’iy intellekt va kelajak kasblari” mavzusida yoshlar bilan ochiq muloqot uyushtirildi.
Joriy yilning 6-avgust kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazida “Mustaqillikning 35 yilligi – Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida Payshanba – yoshlar kuni munosabati bilan axborot-kutubxona markazi direktori R.Anarova hamda AKT rahbari N.Erkinova ishtirokida Tuman INNO innovatsion o’quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif buyurib yoshlarga ChatGPT, Gemini kabi sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanib, tahliliy hisobotlar va taqdimotlar tayyorlash bo’yicha amaliy master-klasslar o’tkazildi. INNO markaz o’qituvchisi X.Karimov va AKT rahbari N.Erkinova ishtirokida “Sun’iy intellekt va kelajak kasblari” mavzusida yoshlar bilan ochiq muloqot uyushtirildi.