”Soz sehri - kitob sehrida ” nomli davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 9- sentyabr kuni ”Kitob va mutolaa haftaligi ” doirasida Paxtakor tumani axborot - kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2- maktab bilan hamkorlikda ”Soz sehri - kitob sehrida ” nomli davra suhbati tashkil etildi . Davra suhbatida ” Kitobxonlar klubi ” a'zolari ishtirokida bo'lib o'tdi . Davra suhbatida o'quvchilarga kitob va uning sehrli kuchi haqida tushunchalar berib otildi . ”So'z sehri ” deganda , sozning tasir kuchi , odamning ruhiyatiga tasiri tushuniladi .Kitob orqali so'zlar sehrga aylanadi , o'quvchini boshqa olamlarga olib kiradi . Kitob insonni yaxshilikka , mehr – oqibatga , dunyoqarashni kengaytirishga undaydi . Til va soz orqali inson fikrlarini , his – tuyg'ularini , orzu umidlarini ifoda etadi . Davra suhbatida bolalarga oid kitoblar ko`rgazmasi ham tashkil etildi .Davra suhbatida 12 nafar ishtirokchi qatnashdi .