”Sohibqiron bilimdonlari” nomli Zakovat intelektual o’yini bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 8-aprel kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 8-13-maktablar hamkorlikda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 9-aprel kuni va 690 yilligi munosabati bilan yoshlar o’rtasida intellektual salohiyatni oshirish , yoshlarning bilimini oshirish, tafakkurini rivojlantirish tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalash va kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida ”Sohibqiron bilimdonlari” nomli Zakovat intelektual o’yini bo’lib o’tdi. Zakovatda Amir Temur kitoblari ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Zakovat ikki bosqichda o’tkazildi. Ishtirokchilar faol ishtirok etib , bilim va zukkoliklarini namoyon qildilar. Natijalar bo’yicha ”Taraqqiyot” jamoasi g’olib deb topildi. Zakovatda 16 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.