«Sog‘lom oila — barkamol shaxs poydevori» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 21-avgust kuni Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Axborot-kutubxona markazi hamkorligida «Sog‘lom oila — barkamol shaxs poydevori» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida oiladagi ma’naviy-axloqiy muhitni barqarorlashtirish, milliy va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda yoshlar o‘rtasida salbiy moyilliklarning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Ishtirokchilarga kitobxonlik va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotning farzand tarbiyasidagi o‘rni bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Davra suhbati davomida “100 kitob haqida kitob” nomli nashrning taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur kitob eng sara asarlar bilan yaqindan tanishish, mutolaa doirasini kengaytirish va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi. Davra suhbatida 12 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.