• paxtakor_akm@natlib.uz
  • +998 93 827-67-10
  • O'zbek
  • Русский
  • English
  • paxtakor_akm@natlib.uz
  • +998 93 827-67-10
  • 22.11.2021
  • 09:09
Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi
  • Bosh sahifa
  • Kutubxona haqida
    • Kutubxona tarixi
    • AKM jamg'armasi
    • Tuzilma
    • O‘quv zallar
  • Kutubxona bo’limlari
    • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
    • Axborot-bibliografiya xizmati
    • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
    • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
  • Kutubxona faoliyati
    • Rahbariyat
    • ish tartibi
    • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
    • Vikipediya bo`limi
    • Yangiliklar
    • Hisobotlar
  • Elektron kutubxona
  • Kutubxona yangiliklari
  • Eslatma

"Soʻz zargari: Abdulla Qahhor 120 yoshda" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi.


17-sentyabr Oʻzbek adabiyotining yirik namoyandasi, mohir hikoyanavis va jamoat arbobi Abdulla Qahhor tavalludining 120 yilligini munosabati bilan Paxtakor tumani axborot kutubxona markazida "Soʻz zargari: Abdulla Qahhor 120 yoshda" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ko'rgazmada adibning ​"Sarob" romani, ​"Sinchalak", ​"Bemor", ​"Anor", ​"Oʻtmishdan ertaklar", ​"Qumli odamlar", ​"Muhabbat", ​"Ustoz va shogirdlar", ​"Adabiyot muallimi" va boshqa asarlari joy oldi. ​Ushbu koʻrgazma nafaqat adibning boy merosini eslatibgina qolmay, balki Abdulla Qahhorning oʻzbek tili va adabiyoti rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini namoyish etadi. Uning asarlari bugun ham dolzarb boʻlib, oʻzining oʻtkir syujeti, aniq tili va chuqur falsafasi bilan kitobxonlarni oʻziga jalb qilmoqda. Koʻrgazma barcha yoshdagi kitobxonlar, talabalar va adabiyotsevarlar uchun qiziqarli va foydali boʻlishi shubhasiz.
Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi

Jizzax viloyati Paxtakor shahri 
“Do‘stlik” MFY Mustaqillik ko‘chasi 2-a uy

Telefon: +998 93 827-67-10
Email: paxtakor_akm@natlib.uz

© Copyright 2021 — Jizzax viloyati Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan