“So‘z sehri va hayot haqiqatlari: O‘lmas Umarbekov merosi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 28-yanvar kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va MMTB tassarufidagi 2- maktab hamkorligida O‘lmas Umarbekov tavalludining 92 yilligi munosabati bilan “So‘z sehri va hayot haqiqatlari: O‘lmas Umarbekov merosi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida O‘lmas Umarbekovning hayoti va ijod yo‘li, uning hikoya va qissalarida aks etgan hayotiy voqealar, insoniy fazilatlar haqida tushunchalar berildi. O‘quvchilar yozuvchining asarlarida halollik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi qadriyatlar qanday ifodalangani bilan yaqindan tanishdilar. Davra suhbati davomida o‘quvchilar adib asarlaridan parchalar o‘qidilar va o‘z fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar. Davra suhbatida O’lmas Umarbekov kitoblari ko’rgazmasi tashkil etildi. Davra suhbatida 12 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.