”So’z mulkining sultoni-Alisher Navoiy” shiori ostida Zakovat intelektual o'yini tashkil etildi.
Joriy yilning 3-fevral kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi maktablar bilan hamkorlikda ”So’z mulkining sultoni-Alisher Navoiy” shiori ostida Zakovat intelektual o'yini tashkil etildi.Zakovatda to’g’ri-noto’g’ri savollar, asar nomini davom ettirish , asardan parcha-muallif yoki asarni topish va tezkor savol javoblar asosida o’tkazildi.
1-o'rinni ”Mash’ala” jamoasi
2-o'rin ”Adrenalin” jamoasi
3-o'rin ”Taraqqiyot” jamoasi egallashdi.
Zakovatda A. Navoiyning kitoblari ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Zakovatda 13 nafar ishtirokchi qatnashdi.