”So’z mulkining sultoni-Alisher Navoiy” nomli ma’naviy va musiqiy tadbir bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 9 fevral kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2- maktab hamkorligida ”Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida buyuk mutafakkir ulug’ shoir va davlat arbobi Alisher Navoiyning tavallud kuni hamda 585 yilligi munosabati bilan ”Navoiy merosi-ma'naviyat timsoli” nomli tadbir bo’lib o’tdi.Tadbirda o’quvchilar tomonidan Alisher Navoiyning g’azallari she’rlari ifodali qilib aytildi. Navoiy o’z asarlari orqali ona tilining qadr qimmatini yuksaltirdi, xalqni ilm-ma’rifatga, ezgulikka komillikka chorladi. Tadbir davomida Navoiyning kitoblari ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Tadbirda 22 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.