”Sizga tazim – mehrli ustozim ” rukni ostida musiqiy tadbir tashkil etildi
Joriy yilning 30- sentyabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda MMTB tasarrufidagi 2-maktab bilan hamkorlikda ”Kitobxonlar klubi ”a'zolari ishtirokida ”Sizga tazim – mehrli ustozim ” rukni ostida musiqiy tadbir tashkil etildi.Ushbu bayram O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1997 -yil 1-oktyabrdan boshlab rasmiy bayram sifatida nishonlana boshlandi .Ustoz kim Ustoz – nafaqat bilim beruvchi , balki yosh avlodni hayotga , kasbga , jamiyatga tayyorlovchi murabbiydir. Ular o'quvchilarga faqat dars o'tmaydi , balki hayotiy saboqlar beradi , nafaqat fanlarni o'rgatadi , balki insoniylik vatanparvarlik odob –axloqni ham sigdiradi . Tadbirda o'quvchilar ustozlarga atab sherlar aytishdi , raqslar ijro etishdi .Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi .Tadbirda 18 nafar ishtirokchi qatnashdi.