"Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 11-sentabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan taqdim etilgan navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi. Ushbu "Siyosiy-ma’rifat soati"da Paxtakor tuman" Axborot-kutubxona markazi" xodimlari ishtirok etishdi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlar, xabarlari namoyish etilgan o'quv soati xodimlarning ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy bilimlari yanada rivojlanishiga yordam bermoqda. "Siyosiy ma'rifat soati"da yurtimizda kechayotgan ijobiy o'zgarishlarning mohiyatini keng va batafsil tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.