SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI
SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI 📚 Hurmatli davlat xizmatchilari! Siyosiy-ma’rifat soatining navbatdagi 31-soni taqdim etildi. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, jamiyat hayotidagi muhim voqea va jarayonlar yuzasidan zarur ma’lumotlar berildi. 📖 Paxtakor tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham navbatdagi siyosiy-ma’rifat soatida faol ishtirok etdilar. 🎓 Tadbir davomida xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglash hamda fuqarolik mas’uliyatini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. 🇺🇿 Ma’rifatli, bilimli va zamonaviy dunyoqarashga ega davlat xizmatchisi — xalqimizga munosib xizmat qilishning muhim omilidir. Paxtakor tuman Axborot-kutubxona markazi 📚🇺🇿