”Shukronalik bor joyda baraka bor” nomli tadbir bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 8-aprel kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani Xokimligi tuman ma’naviyat markazi hamkorligida Paxtakor mahallasida 12-maktab hovlisida shukronalik tadbirlar doirasida ”Shukronalik bor joyda baraka bor” nomli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda axborot-kutubxona markazi kitob ko’rgazmasi, kitobxonlik marafonlari, sport o’yinlari, ayniqsa Vatan madh etilgan gala konsert dasturi ishtirokchilarda unitilmas tassurotlar qoldirdi. Tadbir aholi ruhiyatiga katta ko’tarinkilik bag’ishlamoqda. Maskur tadbirlar bayram kayfiyatini yuksaltiradi balki mahallada hamjihatlik, mehr-oqibat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Tadbirda 300 nafardan ziyod ishtirokchilar ishtirok etishdi.