”She’riyatda yashagan umr” nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Joriy yilning 23-aprel kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazida payshanba "Yoshlar kuni" munosabati bilan Oʻzbekiston xalq shoiri, Doʻstlik ordeni sohibi Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligiga bag'ishlab ”She’riyatda yashagan umr” nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida shoirning hayoti va ijodini targʻib qilish, yosh avlodni she’riyatga oshno etish, Vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Davra suhbatida kutubxona mutaxassisi tomonidan Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi. O’quvchilar shoirning mashhur she’rlaridan namunalar o‘qidi. Davra suhbati davomida savol-javoblar ham o’tkazildi. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Davra suhbatida 16 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.