”She’riyat kuychisi” nomli tadbir tashkil qilindi.
Joriy yilning 14-aprel kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazi va MMTB hamkorligida VI Respublika Kitobxonlik haftaligi doirasida Oʻzbekiston xalq shoiri, Doʻstlik ordeni sohibi Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan ”She’riyat kuychisi” nomli tadbir tashkil qilindi. Tadbir shoirning hayoti va ijodini targʻib qilish, yosh avlodni she’riyatga oshno etish, Vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda kutubxona mutaxassisi tomonidan Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi. O’quvchilar shoirning mashhur she’rlaridan namunalar o‘qidi va shoir ijodiga bag‘ishlangan qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi. Tadbir davomida savol-javoblar ham o’tkazildi. Tadbirda kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda 26 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.