Sevinch Hikmat qizi bilan uchrashuv tashkil etildi.
”Kitobsevar millat” shiori ostida joriy yilning 28-oktabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazida yurtimiz faxri, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchi Isroilova Sevinch Hikmat qizi bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda sportchining hayot yo‘li, erishgan yutuqlari va sportdagi muvaffaqiyat sirlari haqida qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yoshlar sportchiga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi. Sportchi esa o‘z tajribasi asosida motivatsion fikrlar bildirib, yoshlarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qildi. Uchrashuvda yangi kelgan kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Uchrashuvda 22 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.